Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Miraxmedov Farxod Xasanovich tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi. Deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi talablariga muvofiq tarzda tayyorlanib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi K.Inoyatov nomiga yo‘naltirildi. So‘rovda qayd etilishicha, Zebuniso mahallasidagi ta’mirtalab ichki ko‘chalarini ta’mirlashda amaliy choralar ko‘rishini hamda mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etishini so‘ragan. Mazkur deputatlik so‘rovi mahalla tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay ijtimoiy muhit yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi.