Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholiga qulaylik: Kengash qarori bilan ko‘p qavatli uylar ta’mirlanadi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-48-son qarori  “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining VII-24-26-7-101-K26-sonli qarori tasdiqlandi.

Unga muvofiq; Pastdarg‘om tumanidagi 18 ta ko‘p qavatli uylarining fasad qismi hamda kiruvchi yo‘laklarida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Slide 1 of 8