Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumanidagi 1-son texnikumida kasb xunarga o‘qitilayotgan yoshlar bilan davra suxbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
27-maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Mahallalarda ijtimoiy himoyadagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan ularning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Murojaatlar amalda – ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan, mart oyida qilinadigan ustuvor vazifalar.
янв.21
“Adolat bor joyda taraqqiyot bardavom”
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat maktab bitiruvchilari bilan suhbatda.
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi o‘tkazildi

25 fevral kuni Namangan shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

1. Joriy yilning 16-fevral kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 21-Oromgox saylov okrugida o‘tkazilgan deputatlik saylovi natijalari to‘g‘risida;

2. Namangan shahar budjetining 2025-yil yakuni bilan daromadlari va xarajatlarining ijrosi haqida;

3. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi 2026-yil uchun Namangan shahar budjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi VII-14-85-6-91-K/25-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

4. Namangan shahar budjetining 2026-yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘idan foydalanish to‘g‘risida. 

Mazkur sessiyada joriy yilning 16-fevral kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatligiga 21-Oromgoh saylov okrugida o'tkazilgan saylov natijalariga ko'ra Kamalov Ayubxon Aribdjanovich O'zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatligiga saylangani ma'lum qilindi va Ayubxon Aribdjanovichga deputatlik guvohnomasi topshirildi. 

Sessiya yakunida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10