Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat maktab bitiruvchilari bilan
янв.21
Murojaatlar amalda
янв.21
Buloqboshi tumani Sharqyulduzi MFY hududida joylashgan maktab deputat tomonidan borib o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat mahallada!
янв.21
Deputat Toshtemirov Murotbek Sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Murojaatnoma ijrosi — taraqqiyotimizning mustahkam poydevori”

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputatlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur ochiq muloqotda tuman Kengashi deputatlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

🔷 Tadbirda tuman Kengashi raisi Baxodir Axmadjonov, tuman hokimi Xamidullo Inomov va tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan Prezidentimiz Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, amaliy ahamiyati va ustuvor vazifalari atroflicha yoritib berildi.

🔷 So‘zga chiqqanlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — bu Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori, xalq farovonligi va kelajak avlod manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan hayotiy dastur ekanligini alohida ta’kidladilar. Ushbu strategiya mamlakatimizning barqaror rivojlanishi, inson qadrini ulug‘lash va jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Shuningdek, joylarda aholi o‘rtasida Murojaatnoma va strategiya mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, har bir fuqaroni islohotlar jarayoniga faol jalb etish, mas’uliyat va tashabbuskorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

🔷 Ochiq muloqot yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan aniq rejalar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Slide 1 of 5