Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashini navbatdagi 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati E.Adilov tumandagi 10-umumta’lim maktabida “Bilimlar bellashuvi” tadbirida bo‘ldi.
Lalmikor MFYda deputat saylovchilar bilan uchrashdi

Lalmikor mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida deputat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar hamda mahallada olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, saylovchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda aholini qiynayotgan masalalar, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar sifati va boshqa dolzarb muammolar muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, aholi bilan bevosita ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qildi. 

Slide 1 of 2