Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashini navbatdagi 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati E.Adilov tumandagi 10-umumta’lim maktabida “Bilimlar bellashuvi” tadbirida bo‘ldi.
#_munosabat

💬O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Z.G‘. Shomurodova tashabbusi bilan seminar tashkil etildi.

💬Seminar davomida Prezidentimiz murojaatnomasida alohida e’tibor qaratilgan ta’lim sohasini rivojlantirish, yoshlar tarbiyasi, ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, ijtimoiy sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar atroflicha yoritildi va ishtirokchilarga batafsil tushuntirib berildi.

💬Shuningdek, Z.G‘. Shomurodova o‘z chiqishida murojaatnomada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish, ta’lim muassasalari faoliyatiga izchil joriy etish hamda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijadorligini ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

📶Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Slide 1 of 5