Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashini navbatdagi 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati E.Adilov tumandagi 10-umumta’lim maktabida “Bilimlar bellashuvi” tadbirida bo‘ldi.
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va yangilanishlar yo‘lidagi muhim dastur

Joriy yilning 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Chinoz tumanidagi 21-umumta’lim maktabida mazmunli seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova tomonidan olib borildi. Seminar davomida Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, mamlakatimizni rivojlantirishning yangi bosqichiga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning ahamiyati, ularning amaliy ijrosi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni xususida fikr almashdilar.

Slide 1 of 3