Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashini navbatdagi 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati E.Adilov tumandagi 10-umumta’lim maktabida “Bilimlar bellashuvi” tadbirida bo‘ldi.
2026-yil — mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

Munosabat

2026-yil — mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi ham bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mahalla — bu faqat hududiy birlik emas, balki jamiyatimizda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va ijtimoiy adolat qaror topadigan muhim makondir. Ayniqsa, aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashda mahallaning roli beqiyosdir.

Navoiy shahrida so‘nggi yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minotini barqarorlashtirish, obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, “raqamli mahalla” tizimini joriy etish orqali fuqarolarning davlat idoralari bilan aloqasi yanada osonlashmoqda.

2026-yilda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Chunki yoshlari ish bilan ta’minlangan, faol va tashabbuskor mahalla — barqaror jamiyat poydevoridir.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati sifatida aytishni istardimki, biz uchun eng muhim vazifa — xalq dardi bilan yashash, mahallalardagi muammolarni qonunchilik doirasida hal etish va fuqarolar manfaatini ishonchli himoya qilishdir. Mahallaning rivoji — jamiyatning yuksalishi, jamiyat yuksalishi esa mamlakat taraqqiyotining kafolatidir.

Ishonchim komilki, 2026-yil har bir mahallada yangi imkoniyatlar, yangi tashabbuslar va yangi yutuqlar yili bo‘ladi. Bu yo‘lda davlat idoralari, mahalla faollari va fuqarolarning hamjihatligi eng asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Murodov Nodirjon Abdulloyevich

Slide 1 of 1