Joriy yil 10 sentyabr kuni "Neftchilar" mahalla fuqarolar yig‘inida deputat A. G‘oziev saylovchilar bilan uchrashdi. Saylovchilar yo‘llarni asfalt qilish, chiqindilarni vaqtida olib ketish, xiyobonga Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ishchi ajratish va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Deputat bu muammolarni mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf etish zarurligini bildirdi. Hozirda mahallaning asosiy ko‘chasida yo‘llarni joriy ta’mirlash ishlari olib borilyapti.