Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat maktab bitiruvchilari bilan
янв.21
Murojaatlar amalda
янв.21
Buloqboshi tumani Sharqyulduzi MFY hududida joylashgan maktab deputat tomonidan borib o‘rganildi.
янв.21
Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat mahallada!
янв.21
Deputat Toshtemirov Murotbek Sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Yangi O‘zbekiston qiyofasi kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Deputat faoliyatidan

Xabaringiz bor 2025-yil 1-maydan respublikamiz bo`ylab mahalla fuqarolar yig’ini raisligiga saylovlar boshlandi.Shu jumladan bugun Parkent tumanida ham 3 ta MFY da mahalla fuqarolar yig’ini raisligiga saylovlar bo`lib o`tdi.Xususan tumanimizdagi “Yangi Sanganak”MFYda bo`lib o`tgan saylovda Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 25-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abdurahimovich ishtirok etib, saylov jarayonlari to‘liq shaffof va demokratik asosda o‘tkazilishiga, ovoz berish jarayonida har bir nomzodga teng imkoniyatlar yaratilishiga va saylovchilar o‘z ovozini erkin va boshqa tashqi ta’sirlardan xoli berishiga o`z xissasini qo`shdi.Q.Ismailov saylov jarayonlari yakunlangandan so`ng, saylangan raisga o‘z ishonchini bildirdi va unga o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashib, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojilantirishi, yoshlar va ayollarning manfaatlarini himoya qilishi, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashishi kerakligi bo`yicha tavsiyalar berdi.Shundan so`ng deputat Q.Ismailov yig`liganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmonining 2-ilova 27-bandida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun belgilangan vazifalar ijrosini samarali amalga oshirish bo`yicha korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish hamda bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida, tinchlik va barqarorlikni qadrlash, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik, shukronalik bilan hayot kechirish muhimligiga alohida e’tibor qaratish kerakligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi. 

Slide 1 of 3