Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
IJTIMOIY HIMOYA — DEPUTATLIK E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan Kengashning ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “G‘avhar” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, “G‘avhar” MFY ijtimoiy xodimi Tadjiyeva Adolat tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash, fuqarolarga tegishli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, Ijtimoiy reyestrda kambag‘al oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarning mavjud muammolari, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.
📊 Bugungi kunda “G‘avhar” mahallasida 23 ta kambag‘al oila ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib:
🟢 4 ta — yashil toifadagi;
🟡 10 ta — kambag‘allik chegarasidagi sariq toifadagi;
🔴 9 ta — davlat ta’minotidagi qizil toifadagi oilalarni tashkil etadi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
🤝 Kengash ish rejasida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.