Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — MANZILLI VA TIZIMLI YONDASHUV

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan “Do‘mbirobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalla yettiligi a’zolari, mahallaga biriktirilgan bank xodimi hamda nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Ijtimoiy reyestrda kambag‘al oila sifatida ro‘yxatda turuvchi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, oilalarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini oshirish va ularni kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan mas’ullarga amaliy taklif, maslahat va tavsiyalar berildi.
📊 Bugungi kunda “Do‘mbirobod” mahallasida 65 ta kambag‘al oila ro‘yxatga olingan:
🟢 4 ta — yashil toifadagi;
🟡 45 ta — kambag‘allik chegarasidagi sariq toifadagi;
🔴 16 ta — davlat ta’minotidagi qizil toifadagi oilalar.
Mahalla yettiligi a’zolari va biriktirilgan vakillar tomonidan har bir oilaning holatidan kelib chiqib, ularni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan manzilli va tizimli ishlar olib borilmoqda.
🎯 Maqsad — oilalarni faqat moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash emas, balki ularning barqaror daromad manbasini yaratish va mustaqil hayot kechirish imkoniyatlarini kengaytirish.