Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda

Hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” hududlarda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich “Bo‘ston” MFY profilaktika inspektori A. Abduxalilov bilan uchrashib, hududdagi mavjud holat va profilaktik tadbirlar yuzasidan fikr almashdi.
❇️ O‘rganish davomida mahallada:
·         8 nafar probatsiya nazoratidagi shaxs;
·         4 ta nizoli oila;
·         5 nafar migratsiyada bo‘lgan fuqaro mavjudligi aniqlandi. Shundan 2 nafari tahsil olayotgan, 5 nafari esa mehnat qilish maqsadida xorijga ketgan.
❇️ Nizoli oilalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oilalardagi kelishmovchiliklarning sabablarini o‘rganish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, tomonlar o‘rtasida tushuntirish va yarashtirish ishlarini olib borish orqali nizolarning yanada chuqurlashib ketishining oldini olish muhim vazifalardan biridir.
❇️ Shuningdek, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borish, ularning muammolarini o‘rganish hamda qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
➡️ Jinoyatchilikka qarshi kurashish — faqat sodir etilgan jinoyatga munosabat bildirish emas, avvalo uning sabab va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida aniqlab, oldini olishdir.
⚠️ Tinch va osoyishta mahalla — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

Slide 1 of 4