Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI

BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
 🇺🇿Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan hududdagi 9-sonli davlat dorixonasida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganildi.
🟢 O‘rganish davomida dorixona mudirasi Shosatova Fotima bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga bepul dori vositalarini yetkazib berish, ularni saqlash va belgilangan tartibda fuqarolarga taqdim etish jarayoni yuzasidan ma’lumotlar olindi.
💊 Ma’lum bo‘lishicha, dorixonada 20ga yaqin turdagi dori vositalari tegishli tartibda, shifokor retsepti asosida fuqarolarga bepul berilmoqda. Ushbu imtiyozdan, asosan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar foydalanmoqda.
❤️‍🩹 Bepul dori vositalari — ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun muhim ko‘mak. Ayniqsa, doimiy davolanishga ehtiyojmand, dori-darmon xarajatlarini qoplashda qiynalayotgan aholi qatlamlarini zarur dori vositalari bilan ta’minlash ularning salomatligini asrash va davolanish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🟢 Dori vositalari ro‘yxatida turli kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan preparatlar bilan bir qatorda,narkotiko-psixotrop dori vositalari ham mavjud. Bunday dori vositalarini aholiga faqat belgilangan tartib, tegishli tibbiy ko‘rsatma va retsept asosida berish alohida mas’uliyatni talab etadi.
🟢 Shu bois bepul dori vositalarining mavjudligi, ularning belgilangan tartibda retsept asosida berilishi hamda imtiyozdan foydalanishi lozim bo‘lgan fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega.
Aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularga belgilangan imtiyozlardan foydalanishda ko‘maklashish — e’tibor markazidagi vazifalardan biridir.
🌿 Salomatlik — bebaho ne’mat. Aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlash esa inson salomatligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5