Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining holati ham o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida aholi va ijtimoiy soha vakillari tomonidan bildirilgan murojaatlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, A.T.Xuqandiy mavzesidagi 17-maktabgacha ta’lim muassasasi hududini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi. Muassasa mudirasi M.Sharipovaning ma’lum qilishicha, ta’lim muassasasi hududining asfalt qoplamasi yotqizilmagan qismi bolajonlar uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Shu munosabat bilan mazkur hududni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi muhokama qilindi.

Deputat tomonidan bildirilgan murojaat va muammolar batafsil o‘rganilib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur amaliy choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6