Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi N.Komiljonovning faoliyati, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, mahalla hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor G.Xalilovaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorga faoliyatini rivojlantirish maqsadida 33 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, tadbirkorga savdo faoliyatini tashkil etish jarayonida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xususan, 2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, mavjud murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda mahallada qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4