Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoniga asosan Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari, korxonaning viloyat boshqarmasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi.

🔺Korxona faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xodimlarning xizmat vazifalarini belgilangan talablar asosida bajarishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan korxona faoliyatini o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi.

🔺Qayd etilgan kamchiliklarga tanqidiy yondashilib, har bir aniqlangan holat bo‘yicha mas’ullarga tushuntirish va tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kamchiliklarni faqat bartaraf etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash va kelgusida takrorlanishining oldini olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

🔺Yig‘ilish yakunida korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga qaratilgan profilaktik choralarni kuchaytirish hamda bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2