Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Boyterak” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim Q.Abdullaevaning nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va mavjud muammolarini hal etishga ko‘maklashish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy holati, ularning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari va ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolarga zarur ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida va manzilli ko‘rsatish holati ko‘rib chiqildi.

🔻Ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan muloqot qilish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, zarur hollarda tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanishlariga ko‘maklashish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Alohida e’tibor nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, ularga zarur yordam va xizmatlarni manzilli tashkil etish, shuningdek, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga qaratildi.

🔻Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini muntazam nazorat qilib borish, zarur hollarda qo‘shimcha ijtimoiy ko‘mak choralarini belgilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1