Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Markaziy” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli L.Abduqayumova faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, mavjud muammolarini aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish, ehtiyojmand ayollarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

🔻Shuningdek, oilalardagi ijtimoiy va ma’naviy muhitni o‘rganish, nizoli va notinch oilalarni barvaqt aniqlash hamda ular bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish holati ko‘rib chiqildi. Oilaviy kelishmovchiliklarning chuqurlashib ketishining oldini olish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va murosa muhitini shakllantirish, zarur hollarda tegishli mutasaddilar va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda ish olib borish muhimligi qayd etildi

🔻O‘rganish jarayonida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xavf guruhiga tushishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan og‘ir vaziyatdagi yoki profilaktik nazoratga muhtoj xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash, huquqiy savodxonligini oshirish va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.

🔻Deputat tomonidan xotin-qizlar faoliga mahalladagi har bir oila va xotin-qizning holatini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni erta bosqichda aniqlash, ayniqsa, ajrim yoqasida turgan va nizoli oilalar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1