Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
Jamoat hojatxonalarini tashkil etish loyihasi yuzasidan taklif va savollar bildirildi

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Jamoat hojatxonalarini tashkil etish loyihasi yuzasidan taklif va savollar bildirildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma yettinchi sessiyasida Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida jamoat hojatxonalarini tashkil etish loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

🔺 SAVOL: Muhokamada deputat Zulfiya Mo‘minova jamoat hojatxonalaridagi “WC” yozuvi o‘zbek tilida ham aks ettirilishi, deputat N. Egamberdiyeva esa loyihalar auksionga chiqarilganda obyektlarning ichki ko‘rinishi va yaratiladigan sharoitlar ham to‘liq namoyish etilishi yuzasidan savollar yo‘lladi.

🔺 Shuningdek, Kengash raisi Rustamxon Kalanov Sergeli tumanida 6 ta va Yangihayot tumanida 8 ta jamoat hojatxonasi tashkil etish rejalashtirilganini inobatga olib, mazkur hududlarda loyihalar sonini yanada ko‘paytirish taklifini bildirdi.

🗣 JAVOB: Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Azizxon Shovkatov tegishli yozuvlar o‘zbek tilida ham joylashtirilishi, auksionda loyihaning tashqi va ichki ko‘rinishi to‘liq taqdim etilishini ma’lum qildi. Shuningdek, dastlab Toshkent shahri bo‘yicha 100 ta jamoat hojatxonasi tashkil etilishi, keyinchalik ularning soni bosqichma-bosqich ko‘paytirilishi bildirildi. Dastlabki bosqichda suv va kanalizatsiya tarmoqlari mavjud hududlarni tanlab olish rejalashtirilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1