Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
O‘RQ-419-SON QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish ishlari doimiy komissiya raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li hamda komissiya a’zosi Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Chilonzor tuman bo‘limida olib borildi.
O‘rganish davomida tashkilotda korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlarning qonunchilik talablariga rioya etishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlarning samaradorligi, xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida ayrim yo‘nalishlar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, korrupsiyaviy xavflarning oldini olishda tizimli yondashuvni kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda qonun talablariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Yakunida tashkilot mas’ullariga aniqlangan masalalarni bartaraf etish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish va qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3