Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
DEPUTATLIK NAZORATI: AMALIY NATIJA — ASOSIY MEZON

DEPUTATLIK NAZORATI: AMALIY NATIJA — ASOSIY MEZON

📅 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan hududlarda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar bilan tanishildi.

📄 Mazkur tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Farmonning 18-bandida mahalliy Kengashlarga tavsiya etilgan deputatlik nazorati yo‘nalishlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan.

🔎 Tavsiyalar bilan tanishish jarayonida deputatlik nazoratida, avvalo, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi emas, balki ularning aniq va amaliy natijasiga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

📊 Jumladan, deputatlar tomonidan:
▫️ barqaror ish o‘rinlari yaratilishi;
▫️ fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
▫️ kambag‘al oilalarni daromadli mehnatga jalb etish;
▫️ kichik biznes va tadbirkorlik loyihalarining natijadorligi;
▫️ kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
▫️ mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi
bo‘yicha manzilli va tizimli deputatlik nazoratini olib borishga alohida e’tibor qaratiladi.

🎯 Asosiy e’tibor — mablag‘ sarflangani emas, uning natijasida fuqaro band bo‘ldimi, oila daromadi oshdimi va barqaror daromad manbai yaratildimi — ana shu mezonlarga qaratiladi.