Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar uchun qulay sharoitlar o‘rganildi

Fuqarolar uchun qulay sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov tomonidan o‘zi saylangan Qahramon MFY hududida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida Kengash mutaxassisi T. Murodov bilan birgalikda hududdagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, piyodalar yo‘lakchalari va fuqarolar uchun o‘rnatilgan bankomat faoliyati bilan tanishildi.

Mazkur qulayliklar aholining kundalik ehtiyojlarini yengillashtirish, hududda xavfsiz va qulay harakatlanish hamda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

O‘rganish davomida mavjud sharoitlar bilan bir qatorda, aholi uchun yanada qulaylik yaratish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 2