🏘 «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» — mahalladan boshlanadi!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Tursunov Otabek Tojiyevich tomonidan biriktirilgan hududlarda har bir xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
📍 Shu maqsadda Sherobod tumani «Boyqishloq» mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
🤝 Mahalla raisi bilan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud masalalar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan suhbatlashildi.
📝 Suhbat davomida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✨ Obod mahalla — farovon hayot garovi!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.