Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Xidirova dasturlar ijrosi doirasida Do‘stlik mahallasidagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
🚧 Aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l shunchaki infratuzilma emas — bu kundalik hayot sifati, farovonlik va obodlikning muhim mezonidir.
Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Yaxshi yo‘l — qulay hayot sari yo‘l!