Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G.Risqulova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida hududda amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlari ijrosi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududlarga ichimlik suvi tarmoqlarini tortish hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
📍 Aholining munosib turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va har bir xonadonga toza ichimlik suvi yetkazib berish — bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan bunday amaliy ishlar aholining hayot sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi!