O‘rganish davomida tashkilotning qozonxonasi mavsumga tayyor holatga keltirilgani, shuningdek, yetarli miqdorda ko‘mir zaxirasi mavjudligi ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun zarur va qulay sharoitlarni ta’minlash maqsadida mavjud muammolar ham o‘rganildi.
Aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va aniqlangan masalalar ijrosi deputatlik nazoratida bo‘ladi.