Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, davlatimiz tomonidan nuroniylar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, boy hayotiy tajribasi va pand-nasihatlaridan yoshlar tarbiyasida samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida nuroniylarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Nuroniylar — xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi. Ularning hayotiy tajribasi, duosi va maslahatlari jamiyatimiz taraqqiyoti hamda yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.