Tumandagi investitsiya loyihalarining amaldagi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davomida navbatdagi manzil “Maxsus beton servis MChJ” bo‘ldi.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga muvofiq, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi hamda tuman Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi S. Masharipov bilan birgalikda korxona faoliyatini o‘rgandi.
💰 Korxonaga 180 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilgani, ayni paytda faoliyati davom etayotgani hamda qurilish obyektlarini tayyor beton qorishmasi bilan ta’minlab kelayotgani qayd etildi.
📊 Shu tariqa, tumandagi bir qator investitsiya loyihalarining amaldagi holati bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida korxonalarning faoliyati, jalb etilgan investitsiyalar va ishlab chiqarish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
📑 O‘rganish natijalari umumlashtirilib, tegishli ma’lumotlar Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisiga taqdim etiladi.