Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri Ye.Mirzayev tomonidan Shieli OFY profilaktika inspektori bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallada mavjud muammolarni aniqlash, aholining murojaatlari bilan ishlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎯 Maqsad — mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini mustahkamlash.
Hamkorlik — xavfsiz va osoyishta mahalla garovi!