35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Tuman Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan Paxtachi mahallasida aholini kundalik ehtiyoj mollari bilan ta’minlash, mahsulotlar narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida savdo do‘konlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida narxlarning belgilanishi va xaridorlarga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ochiqligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, do‘konlarda xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, mahsulotlarning saqlanishi, savdo madaniyati va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ham ko‘zdan kechirildi.
Aholi bilan muloqotlar davomida sohadagi muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi.
🔹 O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga sifatli va madaniyatli savdo xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi manfaati — doimo e’tibor markazida!