35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli

Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
Tuman Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan mahallalarda aholi, xususan, xotin-qizlar va nuroniylar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turmush sharoiti, ijtimoiy holati va mavjud ehtiyojlari yaqindan o‘rganildi.
Uchrashuvlar davomida fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardiga quloq tutish va mavjud muammolarni manzilli hal etishga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Ayniqsa, nuroniylarning holidan xabar olish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish — mahalladagi ijtimoiy hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
🤝 Inson qadri, aholi manfaati va har bir murojaatga e’tibor — doimiy ustuvor vazifa!

Slide 1 of 1