MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati xodimlari hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari ishtirokida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy soat birgalikda o‘tkazildi.
Tadbir davomida jamiyatda ma’naviy muhitni yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularda har bir fuqaroning, xususan, davlat organlari xodimlari va xalq vakillarining mas’uliyati haqida mulohazalar bildirildi.
🤝 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, hamjihatlikni mustahkamlash va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qiladi.
📚 Ma’rifatli jamiyat — yuksak taraqqiyot poydevori!