35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Jańa Ózbekstan" kórinisindegi zamanagóy máhálle qurıw baǵdarında alıp barılıp atırǵan jumıslardı sheńberinde rayonda ámelge asırılıp atırǵan keń kólemli jumıslardı hám jaratılıp atırǵan sharayatlar menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
KÓP KVARTIRALI JAYLARDAǴI JUMISLAR ÚYRENILDI
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti
янв.21
"Hayallar dápteri"ne kiritilgen hayal-qızlar mashqalalı máseleleri úyrenildi.
янв.21
Nuroniylar bilan uchrashuv: huquqiy bilim va hayotiy tajriba uyg‘unligi
янв.21
"Máhálle jetiligi" sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
янв.21
Prezident qararı tiykarında Bozatawda jollar jańalanbaqta
янв.21
Deputat sorawı – másele únamlı sheshim tawıp atır
янв.21
Bozataw rayonında media-tur shólkemlestirildi
Kengashning Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi ZOOM platformasi orqali o‘tkazildi.
Yig'ilish davomida hududda obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
📌 Birinchi masala — Chilonzor tumanidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish hamda buning natijasida yuzaga keladigan qattiq va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov tarifi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–387-son qarori ijrosi doirasida muhokama qilindi.
Deputatlar tomonidan tariflarni belgilashda xizmatlarning amaldagi sifati, bajarilayotgan ishlar hajmi, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda to‘lovlarning asoslanganligi masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
❗️ Ikkinchi masala — Chilonzor tumanida elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini ta’minlash, sohaga energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari hamda Chilonzor tumani elektr ta’minoti korxonasi rahbarining 6 oylik faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Hisobot muhokamasi davomida deputatlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning yetarli darajada batafsil emasligi tanqidiy qayd etildi. Xususan, elektr ta’minotidagi uzilishlar, ularning asosiy sabablari, muammoli hududlar, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi aniq rejalar bo‘yicha kengroq va raqamlar bilan asoslangan ma’lumotlar taqdim etilishi so‘raldi.
Deputatlar elektr energiyasi ta’minotidagi mavjud muammolarga faqat umumiy ma’lumot berish bilan cheklanib qolmasdan, har bir muammo bo‘yicha aniq sabab, amalga oshirilgan ish va kutilayotgan natijalarni ko‘rsatish lozimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, ularning amaliy natijalari hamda kelgusida elektr ta’minoti barqarorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Majlis yakunida masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5