35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Jańa Ózbekstan" kórinisindegi zamanagóy máhálle qurıw baǵdarında alıp barılıp atırǵan jumıslardı sheńberinde rayonda ámelge asırılıp atırǵan keń kólemli jumıslardı hám jaratılıp atırǵan sharayatlar menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
KÓP KVARTIRALI JAYLARDAǴI JUMISLAR ÚYRENILDI
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti
янв.21
"Hayallar dápteri"ne kiritilgen hayal-qızlar mashqalalı máseleleri úyrenildi.
янв.21
Nuroniylar bilan uchrashuv: huquqiy bilim va hayotiy tajriba uyg‘unligi
янв.21
"Máhálle jetiligi" sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
янв.21
Prezident qararı tiykarında Bozatawda jollar jańalanbaqta
янв.21
Deputat sorawı – másele únamlı sheshim tawıp atır
янв.21
Bozataw rayonında media-tur shólkemlestirildi
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari Shovot tumanining Qo‘shko‘pir mahallasida amalga oshirilib, manzilli dastur doirasida belgilangan infratuzilmaviy loyihaning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
🚧 Xususan, Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan Maxtumquli ko‘chasida 1 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasini qurish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha belgilangan ishlarning borishi o‘rganildi.
Mazkur loyiha mahalla aholisi, ayniqsa, piyodalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda hududning obodonlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
👥 Belgilangan vazifalarning ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish va mavjud holatni tahlil qilish maqsadida xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Masharipov Izzat Masharipovich, Kengash bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputat Ishchanov Alibek Raximberganovich tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
🔎 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning belgilangan manzilli dastur talablariga muvofiqligi, ishlarning sifati va muddatlariga rioya etilishi, shuningdek, loyiha yakunlangach, aholiga yaratiladigan qulayliklar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — Kengash qarorlarida belgilangan vazifalarning qog‘ozda qolib ketmasdan, amalda va sifatli bajarilishini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholining manfaatlari ustuvorligini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 4