35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Puqaralar múrájaatı tiykarında másele úyrenildi
янв.21
Erkin kópiriniń jaǵdayı deputat nazaratında
янв.21
"Jańa Ózbekstan" kórinisindegi zamanagóy máhálle qurıw baǵdarında alıp barılıp atırǵan jumıslardı sheńberinde rayonda ámelge asırılıp atırǵan keń kólemli jumıslardı hám jaratılıp atırǵan sharayatlar menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
KÓP KVARTIRALI JAYLARDAǴI JUMISLAR ÚYRENILDI
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti
янв.21
"Hayallar dápteri"ne kiritilgen hayal-qızlar mashqalalı máseleleri úyrenildi.
янв.21
Nuroniylar bilan uchrashuv: huquqiy bilim va hayotiy tajriba uyg‘unligi
янв.21
"Máhálle jetiligi" sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
янв.21
Prezident qararı tiykarında Bozatawda jollar jańalanbaqta
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda

📍 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 18-Bo‘ston saylov okrugi deputati Qalandarov Azamat Shermetovich, Kengash Kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirokida Bo‘ston mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari va murojaatlari o‘rganildi.
🤝 O‘rganishlar mahalla raisi, mahalla faollari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda ko‘cha boshilari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
📚 Jarayon davomida O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-784-son) ijrosi yuzasidan hududdagi mavjud holat, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi, suv tarmoqlarining holati hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi.
🚶‍♂️ Ko‘chama-ko‘cha yurish davomida ko‘cha boshilari va aholi vakillari bilan bevosita muloqot qilinib, ichimlik suvi ta’minoti, suv tarmoqlarini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha murojaat va takliflar tinglandi.
🗣 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda qonun talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar belgilandi.
💧 Sifatli ichimlik suvi — aholi farovonligi va munosib turmush sharoitining muhim omilidir.

Slide 1 of 4