🚌Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati o'rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov hamda "Chegara" MFY yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda "Chegara" mahalla fuqarolar yig‘inida jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi.
🚎O‘rganish davomida hududda jamoat transportining muntazam va belgilangan jadval asosida harakatlanishi, avtobus bekatlarining mavjud holati hamda yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
🚌Fuqarolarning jamoat transportidan foydalanish jarayonida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ham ko‘zdan kechirildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!