35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Jańa Ózbekstan" kórinisindegi zamanagóy máhálle qurıw baǵdarında alıp barılıp atırǵan jumıslardı sheńberinde rayonda ámelge asırılıp atırǵan keń kólemli jumıslardı hám jaratılıp atırǵan sharayatlar menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
KÓP KVARTIRALI JAYLARDAǴI JUMISLAR ÚYRENILDI
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti
янв.21
"Hayallar dápteri"ne kiritilgen hayal-qızlar mashqalalı máseleleri úyrenildi.
янв.21
Nuroniylar bilan uchrashuv: huquqiy bilim va hayotiy tajriba uyg‘unligi
янв.21
"Máhálle jetiligi" sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
янв.21
Prezident qararı tiykarında Bozatawda jollar jańalanbaqta
янв.21
Deputat sorawı – másele únamlı sheshim tawıp atır
янв.21
Bozataw rayonında media-tur shólkemlestirildi
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Deputatlik_nazorati

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Ismanov Jafar Xodjimuratovich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📊 Deputatlik so'rovida ko'rsatilgan Davlatobod mahallasi, Somoniy 1-proyezd ko‘chasida, 490-sonli DMTTga tutash hududda zamonaviy bolalar o‘yin maydonchasi hamda yoshlar va aholi uchun workout sport maydonchasini barpo etish tashabbusi aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratish nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq deb hisoblangan.

📁 Mazkur hududning mavjud holati, yer maydonining imkoniyatlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining joylashuvi hamda maydonchalarni tashkil etishning texnik imkoniyatlari o‘rganilib, zarur hisob-kitoblar asosida tegishli takliflar shakllantirilishi belgilanganligi qayd etilgan.

🕯 Shuningdek, Davlatobod mahallasi, Somoniy 1-proyezd ko‘chasidagi 490- sonli DMTTga tutash hududda zamonaviy bolalar o‘yin maydonchasi hamda workout sport maydonchasini barpo etish loyihasini 2027-yil tuman dasturiga kiritish masalasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda mazkur loyihani dasturga kiritish va kelgusida amalga oshirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi belgilangan.

📈 Loyihani amalga oshirish imkoniyatlari mavjud mablag‘lar, hududning texnik shartlari va belgilangan tartib-taomillardan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqilishi hamda mazkur yo‘nalishda bolalar va yoshlar uchun zamonaviy, xavfsiz hamda obodonlashtirilgan sport va o‘yin infratuzilmasini yaratishga alohida e’tibor qaratilishi belgilangan.

✅ Deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala nazoratga olinganligini hamda uni amalga oshirish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rib borilishi maʼlum qilingan.

Slide 1 of 1