Deputat tashabbusi — aholi farovonligi yo‘lida
Deputat tashabbusining asosiy maqsadi — aholi murojaatlarini amalda hal etish, kundalik turmush sharoitini yaxshilash va mahallalarni yanada obod, farovon hamda qulay hududga aylantirishdir.
🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati Asiya Kudayberganova tashabbusi bilan Ahilobod va Farobiy mahallalarida aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan muhim infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda.
🔰Aholi murojaatlari asosida ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash, eskirgan quvurlarni almashtirish, yangi suv tarmoqlarini tortish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
🔰Shuningdek, mahallalardagi muhandislik kommunikatsiyalari tartibga keltirilib, ko‘chalarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.