Deputat murojaatni joyida hal qildi
Aholining murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmaydi. Muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Tuman Kengashining 8-okrug deputati N.Muxitdinovaga Sortepa MFY hududidagi ko‘cha yuzida joylashgan svetofor ishlamayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
✨Deputat tomonidan tegishli tashkilot va mas’ul mutaxassislar jalb etilib, muammo tezkorlik bilan o‘rganildi va shu zahoti bartaraf etildi.
Fuqarolar manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda!