35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida markaz faoliyatining bir qator yo‘nalishlari tahlil qilinib, xizmat ko‘rsatish jarayonida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ba’zi xizmat turlari bo‘yicha fuqarolarning kutish vaqtining uzayishi, maslahat va tushuntirish ishlarining yetarli darajada tashkil etilmaganligi hamda elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatishni yana-da kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, murojaatchilarga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yana-da yuksaltirish, murojaatlarni tezkor va sifatli hal etish borasidagi ishlarga tanqidiy baho berildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirish hamda aholi roziligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
O‘rganish yakunida Davlat xizmatlari markazi faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolarga yana-da qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2