35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
Deputat biriktirilgen shólkem menen birgelikte óz okruginde úyme-úy úyreniwler alıp bardı
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida "Aziztepa" MFY hududidagi Nurafshon, Mexrjon va Sariqqamish ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, ushbu murojaat mas’ul mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda 2026-yilgi manzilli dastur asosida Sariqqamish ko‘chasi asfaltlashtirish ishlari ro‘yxatiga kiritilgani va mazkur ko‘chada ishlar tasdiqlangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Nurafshon va Mexrjon ko‘chalari 2027-yilgi manzilli dasturga kiritish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, amaliy ishlar olib borilayotgani bildirildi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarining ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi