35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 13-"Qorliq" saylov okrugidan saylangan deputati Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna tomonidan saylov okrugida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh
mutaxassisi A.Esanov ishtirok etdi. Deputat tomonidan “Qumpaykal” mahallasida mahalla raisi, mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
 

Uchrashuv davomida aholi murojaatlarining kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish hamda murojaatlarni joyida hal etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish, tegishli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. 

Tadbir yakunida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, murojaatlar sonini kamaytirish hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etishga qaratilgan tegishli tavsiya va takliflar ilgari surildi. 

Mazkur uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan 24 ta masala va murojaat ko‘tarilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga vazifalar belgilandi hamda deputatlik nazoratiga olindi.  

Slide 1 of 3