35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
Korupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari M.Mirabdullayev, A.Kulbayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumandagi “Bo‘stonliqtumangaz” gaz ta’minoti korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonada korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan ayrim tashkiliy choralar amalga oshirilgani kuzatildi. Jumladan, ma’muriy binoning ko‘zga ko‘rinarli joylariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid targ‘ibot materiallari, profilaktik mazmundagi banner va plakatlar joylashtirilgan. Shuningdek, fuqarolar va xodimlar murojaatlarini qabul qilish uchun ishonch telefonlari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingan.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishni talab etadigan qator kamchiliklar ham aniqlandi. Xususan, korxona mas’ullari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha viloyat darajasida har hafta yig‘ilishlar o‘tkazilishi ma’lum qilingan bo‘lsa-da, mazkur yig‘ilishlar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi buyruqlar, bayonnomalar yoki boshqa asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmadi.

Bundan tashqari, korxonada korrupsiyaning oldini olish va komplaens nazoratiga mas’ul xodim yoki mas’ul shaxs belgilanmagani ma’lum bo‘ldi. Bu esa mazkur yo‘nalishdagi ishlarning tizimli tashkil etilmaganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, mehnat faoliyatini boshlayotgan yangi xodimlarni korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablari, xizmat odobi qoidalari hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha yozma ravishda tanishtirish va ogohlantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagani aniqlandi. Yangi ishga qabul qilingan xodimlardan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan majburiyat xatlari yoki tilxatlar olinmagan.

Komissiya a’zolari tomonidan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, mas’ul shaxsni belgilash, barcha profilaktik tadbirlarni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish, xodimlar uchun muntazam o‘quv-seminarlar tashkil etish, yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlarni korrupsiyaga qarshi talablar bo‘yicha majburiy tarzda tanishtirish va bu jarayonni hujjatlashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mazkur masala yuzasidan korxonа rahbarining hisoboti doimiy komisssiya yig‘ilishida tinglanishi belgilandi.

Slide 1 of 7