35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
Deputat biriktirilgen shólkem menen birgelikte óz okruginde úyme-úy úyreniwler alıp bardı
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#19¹_modda
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanining "Qaldirg‘och" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Bandixon tumanidagi "Qaldirg‘och" mahallasida  amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla guzari qurilishining borishi, qurilish ishlarining sifati, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, Mas'ul mutasaddilari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" dasturi doirasida "Bandixon" mahallasi PK-49 obyekti bo‘yicha 12,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur loyiha asosida 75V089 "Oybek q – Bandixon Shreder ilmiy tadqiqot xo'jaligi" avtomobil yo'lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog' va Qaldirg'och mahallalari hududidan o'tuvchi 13 kilometrlik qismida yo‘llar asfalt qoplamasini yotqizishga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlarning izchil davom ettirilishi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati davomida "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari belgilangan reja asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 6