35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📍 Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

👥 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-"Sherobod" saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov bilan birgalikda Sherobod tumani tibbiyot birlashmasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🏥 O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud infratuzilma, tibbiy jihozlar bilan ta'minlanganlik darajasi hamda tibbiyot muassasasida amalga oshirilayotgan islohotlar holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, sessiyada muhokama etilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan mas'ul mutaxassislarning axborotlari tinglanib, hujjatlar o‘rganildi hamda mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilindi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish va aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🤝 O‘rganish yakunlari navbatdagi sessiyada atroflicha muhokama qilinishi hamda tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 5