35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
Deputat biriktirilgen shólkem menen birgelikte óz okruginde úyme-úy úyreniwler alıp bardı
Deputatlar Devoli Kundalang mahallasidagi muammolarni o‘rgandilar.

Tashrif davomida mahalladagi ichki yo‘llarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, ko‘cha yoritish tizimi, sanitariya va obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan boshqa dolzarb masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Deputatlar mahalla fuqarolari, nuroniylar, xotin-qizlar faollari va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladilar. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarning ijro holati yuzasidan ham fikr almashildi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan murojaatlar va aniqlangan muammolar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2