35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
Deputat biriktirilgen shólkem menen birgelikte óz okruginde úyme-úy úyreniwler alıp bardı
Adabiyot muzeyi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Valiyev bilan birgalikda Qo‘qon muzey-qo‘riqxonasi tarkibidagi Adabiyot muzeyi faoliyati yuzasidan o‘rganish va suhbat o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida muzeyning bugungi faoliyati, adabiy merosni asrab-avaylash, tarixiy eksponatlarni saqlash, fond boyliklarini kengaytirish hamda yosh avlodni milliy adabiyot va madaniyatga hurmat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, muzeyga tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ekspozitsiyalarni zamonaviy yondashuvlar asosida boyitish, raqamlashtirish jarayonlari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida madaniy meros obyektlarini asrash, muzeylar faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarning tarix va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3