Haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlandi
Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining 2026-yil 27–31-iyul kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar to‘liq amalga oshirildi.
Hafta davomida Kengash deputatlari, doimiy komissiyalar hamda kotibiyat xodimlari tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganishlar olib borildi, mas'ul tashkilotlarning axborotlari va hisobotlari tahlil qilinib, deputatlik nazorati tadbirlari tashkil etildi.
Shuningdek, sessiyaga kiritilgan masalalar yuzasidan asoslantirilgan taklif va xulosalar ishlab chiqildi, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari o‘tkazildi hamda sessiyani yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha barcha tayyorgarlik ishlari yakunlandi.