35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
Shayxon mahallasida ko‘cha boshilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Isfara guzari saylov okrugi hududidagi "Shayxon" mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘cha boshilari hamda mahalla faollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad deputatlik faoliyatining mazmun-mohiyati, mahalliy Kengash deputatlarining vakolatlari hamda ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida deputatlarning saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, davlat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, deputatlik so‘rovlari yuborish hamda hududdagi muammolarni hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish borasidagi asosiy vazifalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi dolzarb masalalarni aniqlashda ko‘cha boshilarining o‘rni, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida yig‘ish va tizimlashtirish, obodonlashtirish, kommunal infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ko‘cha boshilarining taklif va mulohazalari tinglanib, mahallada mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada faollashtirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Hamkorlikni yanada mustahkamlash va aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9